BIGIZTUMSHUQ

BIGIZTUMSHUQ (Troglodytes troglodytes) — bigiztumshuqlar oilasiga mansub qush. Eng kichik qushlardan biri, tanasining uzunligi 9-11 santimetr, qanotlari yoyilganda 15 — 16 santimetr, og’irligi 9 — 11 gramm. Pati qo’ng’ir jigarrang … Read More

BIGIZ

BIGIZ — Nina uchli metall qurol; sifatli po’latdan yasaladi; odatda, dastasi yo’goch va plastmassadan qilinadi. Yo’g’on ingichkaligi bilan bir-biridan farq qiladi. Asosan poyabzaldo’zlar, yamoqchilar ishlatishadi.

BIGARADIYA

BIGARADIYA, achchiq apelsin, po’rtaxol (Citrus aurantium L.) — toshbaqatoldoshlar oilasiga mansub doim yashil o’simlik. Bigaradiyaning vatani — Janubiy Sharqiy Osiyo. Kavkazning Qora dengiz bo’yida tarqalgan. Bigaradiyaning guli yirik, oq, qo’sh … Read More

BIVALENTLAR

BIVALENTLAR (lotincha bis — ikki marta va valens, valentis — kuchli) — meyozda yadroning bo’linishi tufayli hosil bo’lib, o’zaro chalkashgan (kon’yugatsiyalangan) gomologik xromosomalar jufti. Bivalentlar xromosomalar orasida hosil bo’lgan Xsimon … Read More

BIVA

BIVA — Yaponiyadagi eng katta ko’l, Xonsyu orolida. Maydoni 716 kilometr kvadrat, chuqurligi 86 metrgacha. Tog’ oralig’i botig’ida joylashgan. G’arbiy qirg’oqlari baland, sharqi — past. Ko’ldan Yodo daryosi boshlanib Osaka … Read More

BIBLIYA

BIBLIYA (Yunoncha Biblia — kitoblar) — yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. Bibliya ikki asosiy qismga — qadimgi ahd va yangi ahdga bo’linadi. “Ahd” so’zi Xudoning … Read More

BIBLIOGRAFIYASHUNOSLIK

BIBLIOGRAFIYASHUNOSLIK — bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodi va uni tashkil etish masalalarini o’rganadigan va ishlab chiqadigan fan sohasi. Bibliografiyashunoslik termini dastlab 18-asrda G’arbiy Yevropada paydo bo’lgan, 20- asr o’rtalariga qadar turlicha … Read More

BIBLIOGRAFIYA

BIBLIOGRAFIYA (Yunoncha biblion kitob va … grafin) — matbuot hamda yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni ma’lum ijtimoiy maqsadlarda targ’ib qilish bilan shug’ullanadigan ilmiy va amaliy faoliyat … Read More

BIBL

BIBL (Yunoncha, Akkadcha Gubl, qadimgi yahudiycha Gebal; Livan) — Finikiyadagi qadimgi shahar. Miloddan avvalgi 3 — 2-ming yilliklarda savdo markazi, Adonis ma’budiga sig’inish joyi. Finikiya va Rim davriga oid xarobalar … Read More

BIBISHAK

BIBISHAK (“Bibi” va “shoh” so’zlaridan)—Sharq, jumladan, o’zbek ayollarining bezak buyumi; odatda, ayollarning bosh kiyimi (durra)ga— yakka holda peshona o’rtasiga, juft holda ikki chakkaga, ansambl holida yirik shaklda peshona va chakkalarga … Read More