Surkash (suvash, qoplash, surtish, surtib tekislash)
Surkash (suvash, qoplash, surtish, surtib tekislash) – devor bilan shiftlarni qum, qalin ohak qatlami bilan yopish.

Surkash (suvash, qoplash, surtish, surtib tekislash) – devor bilan shiftlarni qum, qalin ohak qatlami bilan yopish.
Surkash (berkitish) – bo’shliqlarni to’ldirish yoki sirtni biror narsa bilan qoplash. Masalan: loy surkash, yoriqlarni berkitish.
Suyuqlik oqimi signalizatori – quvur o’tkazgichdagi ma’lum miqdordagi suyuqlik oqimini mantiqiy buyruq impulsiga aylantirish uchun mo’ljallangan yong’in signalizatori.
Sxema (tarz) – ob’yektning tarkibiy qismlari to’plami va ular o’rtasidagi aloqalar, shuningdek, ushbu to’plamni tushuntiruvchi tasvir yoki og’zaki tavsif.
So’rish – nasos yoki boshqa biror qurilma yordamida suyuqlik, gaz va boshqalarni olib tashlash.
Suyultirgich (aralashtirgich) – kontsentratsiyani suyultirish yoki kamaytirish maqsadida boshqasiga qo’shilgan modda.
Suyultirgich – aralashmada doimiy suv miqdori bilan plastikligini oshiradigan qo’shimcha.
Suyulish (quyqalanish) – modda suyuq fazasi yopishqoqligining pasayishi.
So’rilish (so’rish) – biror narsadan havo so’rilishi. Masalan: yon tomondan so’rilish, shamol so’rilishi, havoni so’rish va hokazolar.