BAZIS ASBOB

BAZIS ASBOB—uzunlik o’lchovlari yoki bazisam juda aniq o’lchashga imkon beradigan geodezik asbob. Shkalali lenta yoki maxsus asbob (radioto’lqinlar va yorug’lik nuri vositasida o’lchovchi asbob) dan iborat.

BAZIS

BAZIS (Yunoncha basis — asos) — 1) asos, negiz, tayanch, poydevor. 2) geodeziyada — yer yuzining ma’lum joyida juda aniq o’lchab olinadigan asosiy chiziq. Bazis uzunligi lentalar yoki maxsus (radioto’lqinlar … Read More

BAZIPETAL RIVOJLANISH

BAZIPETAL RIVOJLANISH (Yunoncha basis — asos, tub, tag va lotincha peto — intilaman) — o’simliklar yon shoxlari yoki organlari qismlarining uchidan tubiga qarab rivojlanishi, bunday rivojlanish natijasida o’simliklarning yosh qismlari … Read More

BAZILIKA

BAZILIKA (Yunoncha basilike — shohona bino) — tarh (plan)da cho’ziq to’g’ri to’rtburchak shaklidagi katta mahobatli bino. Ichki qismi qator ustunlar bilan uzunasiga ketgan bir necha (asosan 3 yoki 5) qism … Read More

BAZIDIYALAR

BAZIDIYALAR (Yunoncha basidon — asos) — bazidiyali zamburug’larning spora hosil qiladigan organlari; dikariot giflar uchida ikki yadroli hujayralardan hosil bo’ladigan to’g’nog’ichsimon bitta (xolobazidiya) yoki to’rtta (fragmobazidiya) hujayradan iborat. Rivojlanishiga ko’ra … Read More

BAZIDIOMISETLAR

BAZIDIOMISETLAR, bazidiyali zamburug’lar (Basidiomycetes) — yuksak zamburug’lar sinfi, jinsiy jarayonda maxsus jinsiy ko’payish organlari — bazidiyalar hosil qilish xususiyatiga ega. Miseliydagi mevali tanasi (kattaligi bir necha millimetrdan 1,5 metrgacha) har … Read More

BAZZOZ

BAZZOZ (Arabcha) — gazlamafurush; ipgazlama bilan savdo qiluvchi do’kondor. Qadimda Turkiston bozorlarida Bazzozlar ko’p bo’lgan. Ular gazlamalarni otaravalarga ortib, uzoq qishloqlarga ham olib borib sotganlar.

BAZEL

BAZEL — Shveytsariyaning shimol chekkasidagi shahar, Bazel-shtadt yarim kantonining ma’muriy markazi. Frantsiya — GFR chegarasi yaqinida, Reyn daryosidagi port. Aholisi 170 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 360 ming), ko’pchiligi … Read More

BAZEDOV KASALLIGI

BAZEDOV KASALLIGI, diffuz toksik buqoq — qalqonsimon bezning biror sababga ko’ra zo’r berib ishlashidan kelib chiqadigan kasallik. Nemis vrachi K. Bazedov batafsil tavsiflab bergan.

BAZDA

BAZDA — Qashqadaryo viloyatida ilk o’rta asrlarda mavjud bo’lgan shahar, Nasafdan so’ng ikkinchi yirik shahar hisoblangan. Bazda o’rnida hozir Qamashidan 10 kilometr Janubi-g’arbda joylashgan ko’hna shahar xarobasi mavjud. 9-10-asr manbalarida … Read More