Serg’ovak ganch
Serg’ovak ganch – gipsli bog’lovchi bilan ko’pikning quruq mineralizatsiyasi natijasida olingan hajm davomida yopiq teshiklar tufayli g’ovakli tuzilishga ega bo’lgan uyali beton.

Serg’ovak ganch – gipsli bog’lovchi bilan ko’pikning quruq mineralizatsiyasi natijasida olingan hajm davomida yopiq teshiklar tufayli g’ovakli tuzilishga ega bo’lgan uyali beton.
Seraftor – ilon izi shaklida takrorlanuvchi, uch band yo’lidan iborat naqsh qatori.
Ser qatlamli – ko’p qatlamdan tashkil topgan.
Siqilgan havo dvigateli – siqilgan havo energiyasini mexanik ishga aylantiruvchi energiya quvvatli mashina.
Siqib chiqaruvchi – suyuqlikni boshqa muhit bosimi bilan siqib chiqarish orqali uni yetkazib berish uchun ishlatiladigan davriy ta’sirli qurilma (apparat).
Siyraklashtirish (suyultirish) – ob’yektning zichligining pasayishi, siqilishning aksi.
Siyrat – qalin emas, zich emas.
Siyqalanishga chidamli – material, mashina qismi va boshqalarning siyqalanishga qarshi turish qobiliyati.
Siyqalanishga bardoshlilik – material ma’lum ishqalanish sharoitida eskirishga qarshilik ko’rsatish xususiyati, qiymati, eskirish tezligi yoki eskirish intensivligining o’zaro nisbati bilan baholanadi.
Siyqalanish (eskirish, yeyilish) – ishqalanish paytida mahsulot sir qatlamining yemirilishi (eskirishi), tufayli mahsulot yoki asbob yuzasining o’lchami, shakli, massasi yoki holatini o’zgarishi.