ZIRK

ZIRK (Berberis vulgaris L.), qoraqand— zirkdoshlar (zirkgullilar oilasi) ga mansub butalar turkumi. Barglari qalin, qisqa bandli, ketma-ket joylashgan. Guli sariq, qo’sh gulqo’rg’onli, shingilga to’plangan; mevasi rezavor. Shimol yarim sharda tarqalgan. … Read More

ZIRVAK

ZIRVAK — palovning guruch solishdan oldin qovurib, suv solib qaynatib qo’yilgan masallig’i. Zirvak palov tayyorlashdagi eng muhim jarayonlardan biri. Dog’langan yog’da avval piyoz, so’ng go’sht, sabzi qovuriladi. Qovurish me’yoriga yetgach, … Read More

ZIRADOSHLAR

ZIRADOSHLAR, Soyabonguldoshlar (Apiaceae) — ikki urug’pallalilar yoki magnoliyasimonlar sinfiga mansub o’simliklar oilasi. Asosan, bir yillik yoki ko’p yillik o’tlardan iborat. Tropik va subtropik mamlakatlarda o’sadigan ayrim turlari buta. Poyasi, asosan, … Read More

ZIRAVOR

ZIRAVOR — taomlarga lazzat kiritadigan va xushbo’ylik beradigan, taomni mineral tuzlar bilan boyituvchi o’simlik yoki kimyoviy (organik va mineral) qo’shimchalar. Ko’pgina ziravorlar ovqatga qo’shimcha lazzat berish bilan birga taomning to’yimliligini … Read More

ZIRABULOQ TOG’LARI

ZIRABULOQ TOG’LARI Samarqand viloyatidagi tog’lar. Geologik jihatdan Zarafshon tizmasining shimoliy g’arbiy davomi. Sharqda Jom cho’li, g’arbda Ziyovuddin tog’lari bilan chegaradosh. Janubda Qarnob cho’li tekisligidan tik pog’ona bilan ajralgan, shimolda Zarafshon … Read More

ZIRABULOQ JANGI

ZIRABULOQ JANGI Buxoro amirining sarbozlari bilan amirlik hududiga bostirib kirgan podsho Rossiyasi qo’shinlari o’rtasida bo’lib o’tgan hal qiluvchi jang (1868 yil, 2-3 iyun). General Kaufman qo’mondonligidagi mustamlakachi qo’shinlar Samarqandni egallagach … Read More

ZIRA

ZIRA (Bunium persicum) — ziradoshlar oilasiga mansub ko’p yillik xushbo’y ziravor o’simlik. Bo’yi 40-60 santimetr. Poyasining yarmidan yuqorisi shohlangan. Ildizi tugunakli. Tupbarglari uzun bandli, poyadagilari bandsiz. Bargi ipsimon bo’laklarga bo’lingan. … Read More