ZARDEVOR
ZARDEVOR — kashta tikib bezatiladigan badiiy buyum; uy bezagi. Eni 40— 70 santim, uzunligi uy devorini qamrab oladigan qilinadi. Uy devorining yuqori qismiga shiftga taqab gir aylantirib qoqiladi. Baxmal, sidirg’a … Read More

ZARGARTOG’ (Hayotboshi tog’i) — Shimoliy Nurota tizmasidagi tog’. Samarqand va Jizzax viloyatlari chegarasida joylashgan. Uzunligi 15 kilometr. Markaziy qismining balandligi 2000 metrdan ziyod. Eng baland joyi — 2169 metr. Zargartog’ … Read More
ZARGARTEPA — arxeologik yodgorlik, qasr xarobasi (7-10 asrlar) Samarqand shahrining Sharqiy qismida, Sattepa mavzesida. 1936 yil O’zbekiston davlat tarix muzeyi ekspedisiyasi topib o’rgangan, 1986-87 yillarda esa Arxeologiya intining Samarqand otryadi … Read More
ZARBULMASAL — maqol, matal va ramzli hikoya asosida yaratilgan ta’limiy hikoyalar. Zarbulmasalda muayyan hikoyalar tarkibida, ularning xulosasi sifatida matallar keltiriladi. Ba’zan masal, matallarning mazmuni asosida hikoyalar yaratiladi. Bunday hikoyalar ko’pincha … Read More
ZARBOFT (fors— oltin, to’qima) — zar ip bilan to’qilgan matolarning umumiy nomi. Asosan, xon, amaldorlar va ularning oila a’zolari Zarboftdan tayyorlangan liboslar kiygan.
ZARBIY TO’LQIN tovush tezligi dan katta tezlikka ega jiemning yoki zichligi, bosimi va temperaturasi keskin yuqori bo’lgan muhit qatlamining harakati ta’sirida muhitda paydo bo’ladigan to’lqin. Portlash va detonatsiya natijasida jismlar … Read More
ZARBIY TEZLANISH (kosmonavtikada) — kosmik parvozda kosmonavt katapultalanganda, avariya holatlarida, kabina kosmonavt bilan birga eltuvchi raketadan ajralganda va kosmik kema (kk) quruklikka qo’ndirilganda vujudga keladigan tezlanish. Qisqa vaqt (1 sekund … Read More