Sinch xodacha
Sinch xodacha – uzun qalin tayoq.

Sinch xodacha – uzun qalin tayoq.
Sinch xoda – uzun ingichka daraxt tanasidan yasalgan ustun.
Sinch o’zagi – temir-beton qurilmaning qolipga o’rnatish uchun tegishli hajmiy yoki tekislik tizimiga yig’ilgan (bog’langan, payvandlangan) o’zaklari (armaturalari) to’plami.
Sinch devor – sinchlardan iborat devor.
Sirtiga chiqish (toshish) – ichkaridan sirtga chiqib ketish (suyuqlik haqida).
Sirchi – naqqosh usta, sirlovchi usta.
Sirtni qoplash – binolar elementlari tashqi qatlami (devor, ustun, tom, poypesh) va inshootlar yuzasini tashkil etuvchi donali ashyolar bilan qoplash.
Sirtlarni yangilash – binolar elementlari tashqi qatlami (devor, ustun, poypesh) va inshootlar yuzasini yangilash.
Skreper – tuproqlarni qatlam-qatlam (gorizontal qatlamlar) kesish, ularni tashish va tuproq ishlariga ma’lum qalinlikda qatlamlarni qayta to’ldirish uchun mo’ljallangan tuproq ko’chirish mashinasi. Skreperlar qirg’oq bo’ylab haraktlanayotganda to’ldirilgan tuproq qatlamlarini siqib … Read More
Skoba (chega, band, xalqa) – po’latdan ishlanadigan yordamchi fiksatsiyalovchi bog’lam (ularning ko’ndalang kesimi doira yoki kvadrat shaklida bo’ladi). Skobalar ko’ndalang kesimi doira shaklida yog’och material yoki g’o’lalardan qurilgan konstruksiya va … Read More