Fronton

Fronton – peshayvon (portik), kolonnada bino fasadining yakunlovchi (odatda, uchburchak shaklidagi) qismi bo’lib, bu qism tomning ikki nishabli va karnizi bilan chegaralangan bo’ladi; fronton maydoni-timpan-ko’pincha haykaltaroshlik bezaklari bilan bezaladi.

Fotorgramma

Fotorgramma – fotokimyoviy usulda, kameradan foydalanmasdan olingan tasvir. Ob’yekt fotografik qog’oz yoki plyonkaga joylashtiriladi, uning soyasi fotomaterialga tushishi uchun chiroq bilan yoritiladi. Fotogrammaning o’ziga xos xususiyati shundaki, ta’sir qilish momentida … Read More

Fotogrammetriya

Fotogrammetriya – ob’yektlarning shakli, o’lchami, holati va boshqa xususiyatlarini ularning fotografik tasvirlaridan aniqlash bilan shug’ullanadigan ilmiy-texnikaviy fan. Fotogrammetriyada ikkita asosiy yo’nalish mavjud: 1) tasvirlardan (fototasvir) yerning (va boshqa kosmik jismlarning) … Read More

Foiz

Foiz – 1) butun son sifatida olingan sonning yuzdan bir qismi (% belgisi bilan ko’rsatilgan); 2) birlik sifatida qabul qilingan narsaning yuzdan bir qismi bilan o’lchanadigan miqdor. “100 foiz reja”.