Poydevor pog’onasi
Poydevor pog’onasi – poydevor ko’ndalang kesimining pog’onalar ko’rinishida kengayishi.

Poydevor pog’onasi – poydevor ko’ndalang kesimining pog’onalar ko’rinishida kengayishi.
Poydevor-qobiq – yupqa devorli quvur ko’rinishidagi chuqur joylashtiriladigan poydevor.
Poydevor qirqimi – yer usti konstruksiyalari joylashgan poydevorning yuqori tekisligi.
Poygoh (poygah) – xonaning eshikka yaqin qismi, uyga kiraverish yoki xona ichkarisidagi xona polidan biroz past qilib ajratilgan maxsus joy, odatda, to’rtburchak yoki murabba shaklida bo’ladi. Asosan, poyabzal yechiladigan joy.
Poy (tayanch) – ustun, kolonna, pilyastrning asosi (tayanchi), poydevori.
Podshipnik (zoldirli g’ildirak) – tayanchning bir qismi bo’lgan, mil, o’q va boshqalarni qo’llab-quvvatlovchi, ularning hududdagi o’rnini o’rnatuvchi, aylanish yoki chiziqli harakatni eng kam qarshilik bilan ta’minlaydigan, shuningdek, yuklarni strukturaning boshqa … Read More
Pog’onasimon – qadamga o’xshash, pog’ona kabi.
Pog’onalilik – biron-bir narsaning pog’onaliligi. Masalan: bosimning pog’onaliligi va hokazolar.