Ostona (tagdari)
Ostona (tagdari) – eshik ramkasining pastki yog’ochi.

Ostona (tagdari) – eshik ramkasining pastki yog’ochi.
Otval – qazish, qor tozalash va boshqa ishlarda ishlatiladigan buldozerlar, avtogreyderlar, yuk ko’taruvchilar, traktorlar va avtomobillar uchun osma moslama.
Otashgoh (otashkada, otashdon) – otashparastkar sig’inadigan doimiy olov yonib turadigan maxsus bino, otashparastlar ibodatxonasi. Markaziy Osiyo hududida qadimgi otashkada qoldiqlari topilgan.
Ostsillograf – elektr signalini kirishiga qo’llaniladigan amplituda va vaqt parametrlarini o’rganish (kuzatish, qayd etish, o’lchash) uchun mo’ljallangan va to’g’ridan-to’g’ri ekranda visual tarzda ko’rsatiladigan (vizualizatsiya) yoki fotolentaga yozib oladigan qurilma.
Parda devor – 1) binodagi qo’shni xonalarni bir-biridan ajratuvchi vertikal ichki to’suvchi konstruksiya; 2) sinchli uyning tepa sarrovi ustidagi ko’tarilgan parda devor; 3) binolarni qavatlar ichida alohida xonalarga bo’lish uchun … Read More
Pardalash – yopish, har qanday joyni mato bilan yopish.
Parda (qoplama) – biror narsani osib qo’yish, to’sish uchun xizmat qiladigan katta mato; parda. Masalan: qatronli qoplama, suv o’tkazmaydigan qoplama, sizishga qarshi qoplama, quyoshdan himoyalovchi parda, issiqlikni saqlovchi qoplama, tsement … Read More
Sarparda (saroparda) – ulkan o’tov, chodir. Pardalardan yasalgan yozlik muvaqqat saroy, shohona bezakli ko’chma saroy.
Saroy (koshona) – 1) hashamatli ulkan bino; 2) xon, podsho amirlar qarorgohi, qasr. Dastlab hukmdorlarning qarorgohi tarzda, keyinchalik saroy ahli yashaydigan joy sifatida qurilib, turli maqsadlarga xizmat qiladigan ko’plab xonalar, … Read More
Sarobo’ston (bo’stonsaro) – saroy atrofidagi obod bog’. Samarqand qal’asidagi (Ko’ksaroy atrofida) ajoyib bog’ Bo’stonsaro nomi bilan ma’lum.