Oynadek silliqlangan
Oynadek silliqlangan – biron bir narsani oyna kabi silliqlash.

Oynadek silliqlangan – biron bir narsani oyna kabi silliqlash.
Oynaband – 1) oyna o’rnatilgan (deraza); 2) oyna yoki ko’zgu o’rnatib naqsh ishlash usuli.
Oyna keskich – shisha sirtini kesish uchun, aniqrog’i, tirnash uchun ishlatiladigan qo’l asbobi bo’lib, avval oyna nazorat ostida tirnaladi, keyin sindiriladi.
Oyna – kvarts qumini eritish natijasida olingan shaffof modda. Shisha erish harorati +300 dan +2500 C gacha, bu shisha hosil qiluvchi eritmalarning tarkibiy qismlari (oksidlar, fosfatlar va boshqalar) bilan belgilanadi.
Oygul – oy kabi davra shaklli naqsh.
Oybolta – katta bolta, chopqisi oysimon shaklli bolta.
Ozokerit (tog’ mumi) – tog’ mumi, neft bitumlari guruhidan tashkil topgan mineral, mato va yog’ochga shimdiriladi.
Ozodalikni himoyalash mintaqasi – sanoat korxonalari bilan uy-joylar yoki jamoat binolari orasidagi, aholini ishlab chiqarish zararli omillaridan himoyalash uchun hudud.
Odometer – gruntning bir o’q bo’ylab siqilishini tekshiruvchi asbob.
Oddiy tosh – devor toshi, qoida tariqasida, so’nggi pardozlashda bino va inshootlar devorlarini terish uchun mo’ljallangan.