Model
Model – mahsulot namunasi, shuningdek, biror narsa ishlab chiqarish uchun namuna.

Model – mahsulot namunasi, shuningdek, biror narsa ishlab chiqarish uchun namuna.
Mil (ko’rsatkich chizig’i, cho’qqi) – 1) o’q bo’ylab aylanadigan nozik va tor plastinka, u turli o’lchov asboblari, soat va hokazolarda ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi; 2) chiziq shaklidagi belgi, uning oxiridan … Read More
Miqdor (qiymat) – 1) biror narsaning ahamiyati, roli; 2) har qanday ob’yektning o’zgaruvchisi, funksiyasi yoki xususiyati/maydon/paraetrining raqamli xarakteristikasi.
Miqdor (son, hisob) – ob’yektning tashqi ko’rsatkichlari (uning kattaligi, soni, hajmi, xossalarining rivojlanish darajasi va hokazolar)ni ifodalovchi tushuncha. Masalan: aholi soni, aylanishlar soni, yumshoqlik miqdori, gruntning yumshoqlik holati miqdori va … Read More
Me’morlik (me’morchilik, me’moriya) – (yunoncha: “me’mor”) bino va inshootlarni loyihalash, qurish va bezatish san’ati. Masalan: barokko me’morchiligi, vizantiya me’morchiligi, sharq me’morchiligi va hokazolar.
Me’mor – binokor usta, muhandis; imorat va inshootlar loyihasini yaratuvchi va ularning qurilishini nazorat qilib turuvchi bosh mutaxassis.
Me’yorlash (Me’yorlashtirish) – tanqis resurslarni, tovarlar, xizmatlarni nazorat ostida taqsimlash yoki talabni sun’iy cheklash. Ratsion ma’lum bir kun yoki vaqtda ajratilgan resurlarning ruxsat etilgan qismi bo’lgan ratsion hajmini nazorat qiladi.
Me’yorlangan tarkibli klinker – minerologik tarkibi normativ hujjat talablari bilan belgilanadigan klinker.