Metr
Metr – 1) o’nlik o’lchovlar tizimidagi asosiy o’lchov birligi, meridianning qirq milliondan biriga teng uzunlik birligi (100 sm.) hisoblanadi; 2) o’lchagich, biror narsani o’lchash uchun santimetrga bo’linadigan uzunlikdagi chiziq.

Metr – 1) o’nlik o’lchovlar tizimidagi asosiy o’lchov birligi, meridianning qirq milliondan biriga teng uzunlik birligi (100 sm.) hisoblanadi; 2) o’lchagich, biror narsani o’lchash uchun santimetrga bo’linadigan uzunlikdagi chiziq.
Metomorfik – metamorfizm natijasida yer qobig’ida hosil bo’lgan jinslar, ya’ni fizik-kimyoviy sharoitlarning o’zgarishi natijasida cho’kindi va magmatik jinslarning o’zgarishi.
Metatenk – 1) tindirgichlarda ajralib chiquvchi oqova suvlar cho’kindilarini havosiz sun’iy isitib, achitish yo’li bilan zararsizlantirish inshooti; 2) metan ishlab chiqarish uchun suyuq organik chiqindilarni anaerob fermentatsiya uchun qurilma.
Metallning eskirishi – me’yoriy sharoitda o’tuvchi yoxud o’z-o’zidan, tabiiy eskirish yoxud qizdirilganda (sun’iy eskirish) bir vaqtning o’zida mustahkamligi va qattiqligini ko’payishiga, yumshoqligi va qovushqoqligini kamayishiga olib keluvchi metallar xossalarining o’zgarishi.
Muzlamagan – 1) muzga aylanmagan (suyuqlik haqida); 2) muz bilan qoplanmagan (suv omborlari, buloqlar va boshqalar haqida).
Muzlamoq – 1) sovuqdan qotib, muzga aylanish; 2) ayozdan juda sovuq bo’lish, sovib ketish, muz bilan qoplanish, muzlash; 3) bir muddat muzlatib qo’yish. Masalan: butunlay muzlamoq.
Muvofiqlashtirmoq – biror narsani optimallashtirishni amalga oshirish.
Minbar – 1) masjid to’rida, mehrob yoniga o’rnatilgan baland ko’tarilgan maxsus joy; 2) supa, ma’ruzachi uchun minbar; tomoshabinlar, jamoatchilik uchun zinapoyali, o’tirgichli baland inshoot (masalan, stadion).
Milliy bog’ – respublik miqyosidagi tabiiy bog’. Atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida inson faoliyati cheklangan, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hudud.
Modifikatsiyalash – yog’och mahsulotlarining ekspluatatsiya sharoitlariga nisbatan yog’ochning fizik-mexanik, termofizik, tribotexnik, biokimyoviy xususiyatlarining yo’naltirilgan o’zgarishi.