Metall izol
Metall izol – qalinligi 0,4-0,2 millimetr metall falga, ikkala tomoni bitum bilan qoplangan gidroizolyatsiyalovchi o’ramga materiallar; yer osti va gidrotexnik inshootlarda yopishtiruvchi gidroizolyatsiya sifatida qo’llaniladi.

Metall izol – qalinligi 0,4-0,2 millimetr metall falga, ikkala tomoni bitum bilan qoplangan gidroizolyatsiyalovchi o’ramga materiallar; yer osti va gidrotexnik inshootlarda yopishtiruvchi gidroizolyatsiya sifatida qo’llaniladi.
Metall-yog’och konstruksiyalar – cho’zilishga ishlaydigan elementlar po’latdan, siqilishga yoki siqilib egilishga ishlaydigan elementlar yog’ochdan, yog’och va metall konstruksiyalardan yasaladi.
Metall buyumlar – turli xil metall buyumlarning keng assortimenti uchun umumlashtirilgan nom. Tushunchaga metalldan tayyorlangan barcha mahsulotlar kiradi.
Mesdoza – (nemischa: Messdose-so’zma-so’z “o’lchov banki”) dinamometr turi yoki qismi, kuch o’lchas moslamasi, qoida tariqasida, kuchlanish o’lchagichlari yoki manometrik sensorlardan foydalanishga asoslangan.
Meros – qadimdan ajdodlardan avlodlarga saqlanib, o’tib kelayotgan ma’naviy, madaniy va moddiy boylik.
Meridian (tush chizig’i) – (lotincha: meridianus-“kunduzi”, meridies-“tush”) shimoliy va janubiy qutblar orasidagi aylanish yoki simmetriya o’qi orqali o’tuvchi tekislik bo’ylab sirt kesimining yarim chizig’ini bildiradi. Ekvatordan shimol va janubdan geografik … Read More
Mergel (ohakgul) – kaltsit yoki dolomit va loysimon materiallardan tashkil topgan cho’kindi tog’ jinslari, portlandtsement ishlab chiqarish uchun xom ashyo.
Menzula – geozik yoki topografik asbob.
Memorial – voqea yoki shaxs xotirasiga bag’ishlangan me’moriy-haykaltaroshlik inshooti.