Qiyos
Qiyos – andaza, o’lchov.

Qiyos – andaza, o’lchov.
Qidirish (tekshirish) – biror narsani maxsus maqsadda tekshirish. Masalan: muhandislik-yershunoslik qidiruvi, tuproq grunt izlanuvi, topografik izlanuv va hokazolar.
Qaqnus – humo kabi me’moriy yodgorliklar bezaklarida tasviri ko’p uchraydigan afsonaviy qush.
Qashqarcha (ravon) – ko’tarma, deraza, panjaralar bilan o’ralgan ayvon.
Qafasa – minora yoki burj tepasidagi ko’shksimon qurilma, maxsus xona.
Qat’iy rejim tasmasi – odamlar yashashi va suv to’plash ehtiyoji bilan bog’liq bo’lmagan, har qanday qurilish man etiladigan, suv manbalarini sanitariya himoyalash mintaqasining birinchi belbog’i.
Qattiq emas (bo’sh, bo’shashgan ma’nosida) – sindirish, maydalash va hokazolar oson bo’lgan; yetarlicha qattiq yoki pishiq bo’lmagan.
Qattiqlik o’lchagich- qismlarning tuzilishini buzmaasdan, uning qattiqligini nazorat qilish uchun ishlatiladi.
Qattiqlik – ashyolarning makoniy tutashgan kuch ta’sirida yuza qatlamida yumshoq shakl o’zgarishi yoki mo’rt buzilishiga qarshilik ko’rsatish xususiyati.
Qattiq o’zakli karkas (karkas o’zakli tizim) – karkasli bog’lovchi-bog’lovchi yoki devor konstruksiyaning karkas tizimi, bunda karkas asosi (o’rta qismi) atrofi ko’rinishida yoki yopiq shaklda qattiqlik yadrosi (vertikal qattiqlik qovurg’alari) shaklida … Read More