Keramik tola
Keramik tola – tarkibida 45% dan kam bo’lmagan Al2O3 alyumosilikat eritib olinadigan tola.

Keramik tola – tarkibida 45% dan kam bo’lmagan Al2O3 alyumosilikat eritib olinadigan tola.
Keramik sanitariya mahsuloti – oq loy va minerallar aralashmasidan tayyorlangan, yuqori haroratda yondirilgan va ifloslarni suv bilan yuvish orqali sanitariya-gigiyena va maishiy foydalanish uchun mo’ljallangan sirlangan mahsulot.
Keramik plitka – keramik ma’lum sharoitlarda, vaqt o’tishi bilan sirlangan yuzada nuqsonlar paydo bo’lmasdan va (yoki) buzilmasdan muzlashi va erishi davridagi bardosh berish xususiyati ma’lum miqdordagi tsikllar soni bilan tavsiflanadi.
Keramik plitalarning old yuzasi – devor yoki polga yotqizilgandan keyin ko’rinadigan plitkalar yuzasi.
Keramik plitalarning kislotaga chidamligi – plitkalar sirlangan yuzasida nuqson paydo bo’lmasdan yoki parchalanib ketmasdan ma’lum sharoitda kontsentratsiyali kislota ta’siriga bardosh berish xususiyati.
Keramik plitalarni bezash – plitkalar old yuzasiga silliq yoki relyefli rasm yoki bir nechta ranglarni tushirish.
Keramik qoplama – metallarning olovbardosh oksidlari va fermentlar asosidagi yupqa (15-150) plyonkalar bo’lib, ular gazli fazadan emallashtirish, gaz bilan alanga berish yoki plazmali changlatish va boshqa usullar bilan olinadigan hamda … Read More
Keramik kislota bardosh materiallar – kimyoviy ta’sirlarga chidamliligi yuqori bo’lgan, donali sun’iy mahsulot va kukunsimon materiallar.
Keramik issiqlik izolyatsiya mahsulotlari – keramik massalardan olingan yuqori g’ovakli keramiklarning bir turi, ularni g’ovaklashtirish yoki ularga qiyin eriydigan g’ovakli to’ldirgichlar kiritish yo’li bilan olinadi. Bu massalarda qoliplangan mahsulotlar quritiladi … Read More
Keramik g’isht – toshli donali ichi bo’sh yoki to’la bo’lgan qurilish materiali, to’g’ri shaklli, loysimon xomashyoni pishirish yo’li bilan tayyorlanadi.