Karabur (to’g’on qurilishiga oid)
Karabur (to’g’on qurilishiga oid) – to’quv, fashin; asosan, gidrotexnik inshootlar yonbag’irlarini mustahkamlashda, shuningdek, mudofaa inshootlarini qurishda foydalaniladi.

Karabur (to’g’on qurilishiga oid) – to’quv, fashin; asosan, gidrotexnik inshootlar yonbag’irlarini mustahkamlashda, shuningdek, mudofaa inshootlarini qurishda foydalaniladi.
Kaptarxona – kaptar boqish uchun qurilgan maxsus bino. Xorazm vohasida qadimgi kaptarxonalarning qoldiqlari saqlanib qolgan.
Kaptardum – kaptar dumini eslatuvchi shakl. Ko’pincha muqarnasning devor bilan birlashadigan pastki qismida ishlatiladi.
Kappon – don-dun, un bozori, tim, savdo rastasi.
Kapitel – tizimli ravishda gorizontal tom balkalaridan yukni oladigan vertikal tayanchining yuqori qismi (tayanchlar, ustunlar, pilyasterlar).
Kapital va joriy ta’mirlash (bino va inshootlarga doir) – bino va inshootlarning foydalanish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadga muvofiqligini tiklash chidamliligi va shinamliligini (tarkibiy qismlari) ta’minlashga yo’naltirilgan ta’mirlash-tiklash ishlari majmui.
Kapital ta’mirlash (tubdan tuzatish) – binolar, inshoot va kommunal xizmatlar, mashinalar, uskuna va hokazolarning texnik holaini tekshirish va tiklash bo’yicha muhim ishlar majmuasi.
Kapillyarli – nozik, juda ingichka.
Kapillyar (tomchi) – (lotincha: capillaris-tukli) 1) odamlar va boshqa hayvonlar tanasidagi eng ingichka tomirlar. Ularning o’rtacha diametri 5-10 mkm; 2_ qurilishda bu atama diametrli juda ingichka kichik idishlar uchun ishlatiladi.
Kapaj – yer osti suvlari, neft va gazni ochish, ularni yer yuzasiga olib chiqish va keyinchalik ishlatish uchun muhandislik-texnik inshootlar (quduqlar, kon qudurlari, aditlar va boshqalar).