Yong’indan himoya
Yong’indan himoya – maxsus ishlov berish orqali material va konstruksiyalarning yong’in xavfini kamaytirishi.

Yong’indan himoya – maxsus ishlov berish orqali material va konstruksiyalarning yong’in xavfini kamaytirishi.
Yondirmoq (o’t qo’ymoq) – yondirmoq, tagidan yoqmoq, biror narsa ostiga o’t qo’ymoq.
Yondevor (chet, chekka) – biror narsaning yon devori, cheti. Masalan: tashqi devor, qobiq cheti va hokazolar.
Yondari – eshik kesakining yon tomondagi tik yog’ochi.
Yong’inni o’chirish (o’t o’chirish) – kuch va vositalarning ta’sir qilish jarayoni, shuningdek, yong’inni o’chirish va undan usullaridan foydalanish.
Yong’indan himoyalovchi osma shift – himoyalangan ichki yoki o’rta yong’inning yong’inga chidamliligini oshirish uchun mo’ljallangan osma shift.
Yong’indan himoyalash qoplamasi – binokorlik qurilmalarining, yong’in ta’siriga qarshiligini oshirish maqsadida uning sirtiga ishlov berish (suvash, pastalar surkash va shu kabilar).
Yong’indan himoyalash – binolar, inshootlar, qurilish konstruksiyalarining yong’inga chidamliligini oshirish va (yoki) yong’in xavfini kamaytirishga qaratilgan texnik chora-tadbirlar.
Yong’indan himoyalangan mahsulot (material, konstruksiya) – yong’indan himoya qilishning natijasi bo’lgan yong’in xavfi kamaytirilgan mahsulot (material, konstruksiya).
Yong’indan himoya samaradorligi – yong’indan himoya qilish mahsulotlarining solishtirma ko’rsatkichi, bu yong’in ta’sirining boshlanishidan standart namuna va yong’inga chidamli qoplamali namunaning kritik haroratiga erishishgacha bo’lgan vaqt bilan tavsiflanadi.