AVACHA QO’LTIQCHASI
AVACHA QO’LTIQCHASI – Kamchatka yarim orolining Janbiy-Sharqiy qirg’og’iga tutashgan Tinch okean qo’ltig’i. Uzunligi 24 kilometr, eni 3 kilometr, chuqurligi qariyb 26 metr. Avacha daryosi quyiladi. Shimoliy sohilida Petropavlovsk-Kamchatskiy port shahri bor.