AVAZ O’TAR UY-MUZEYI

AVAZ O’TAR UY-MUZEYI – adabiymemorial muzey. Avaz tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Ichan qal’ada u yashagan uy o’rnida qurilgan binoda ochilgan (1984). Muzey oldida shoirga haykal o’rnatilgan. U 4 xonadan iborat: 1 – xonaga Avaz asarlaridan namunalar, suratlari, albomlar, ustoz va shogirdlarning kitoblari va boshqalar qo’yilgan; 2 – xonani shoirning otasi Polvonniyozning kiyim-boshlari, sandiq, ko’rpa-to’shak, o’choq, chiroq, xurjun, miltiq va boshqalar egallagan; 3 – xona Avaz ijodxonasi: stol, kursi, lavh, shamdon, oyna, siyohdon, qalamdon bor, tokchaga kitoblar terilgan, shuningdek shoirning kiyim-kechaklari va boshqalar qo’yilgan; 4 – xona mehmonxona, unda dasturxon, choynak-piyola, patnis, ko’rpacha, naqshli stol, soat va boshqalar bor, devoriga so’zana, dutor osilgan. Muzey eksponatlari 3 mingga yaqin.