AVENTIN BLOKI

AVENTIN BLOKI – Italiyada fashistlar diktaturasiga qarshi kurashgan antifashistik partiyalar bloki. Sosialist deputat, antifashist Mateotti fashistlar tomonidan o’ldirilgach (1924 yil 10 iyun), muxolifiyatdagi deputatlar bundan g’azablanib, parlamentdan chiqib ketadilar va Rimdagi Aventin tepaligida to’planib “Oppozisiyami fraktsiyalar komiteta” ni tuzadilar. Shu tariqa mazkur uyushma “Aventin bloki” nomini oldi. Blokka xalq partiyasi (katoliklar), respublikachilar, sotsialistlar va boshqa partiyalar vakillari hamda partiyasiz deputatlar uyushdilar. Mussolini hukumati Aventin blokining qat’iyatsizligi va zaifligidan foydalanib, 1926 yilda uni tor-mor qildi. Ommadan ajrab qolgan blok a’zolari fashizmga qarshi izchil kurasha olmay, tezda tarqab ketdi.