AVESTO

AVESTO — 1) ―Hayot yo’riqnomasi deb nomlangan kitob; zardushtiylik diniga taalluqli adabiyotlarning umumiy nomi; 2) zardushtiylik dinining asosiy kitobi; 3) ―nasihatnoma, ―qonunlar to’plami, ―bilimlar majmuasi sifatida talqin qilinadigan tarixiy manba. Avesto – Turon, Xuroson, Ozarboyjon, Iroq, Eron, Kichik Osiyo xalqlarining miloddan oldingi qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam va odam to’g’risidagi tasavvur, urf-odat va ma‘naviy qadriyatlari haqida ma‘lumot beruvchi asosiy manba. U miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyoda yaratilgan. Miloddan avvalgi XIII asrdan to milodning IV asrgacha bo’lib o’tgan tarixiy voqealarni o’zida aks ettirgani uchun milliy g’oyalarni asrab-avaylash, xalqni jipslashtirish, uni ma‘naviy yuksaklikka da‘vat etish, odamlar o’rtasida mehr-oqibat tuyg’ularini mustahkamlash va milliy an‘analarni saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etgan. Uning xalqimiz va milliy davlatchiligimiz tarixidagi ulkan ahamiyatini hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Avesto kitobining yaratilganligining 2700- yilligini nishonlash to’g’risida qaror qabul qildi. Bu sana 2001-yilda nishonlandi.