AVIADESANT TANKI

AVIADESANT TANKI – harbiy desant qo’shinlari tarkibida turli maqsadlarda foydalaniladigan, butunlay zirxlangan, ixcham, har qanday sharoitda yurishga mo’ljallangan jangovar mashina (yengil tank). Og’irligi 7-8 tonna. Desant tushiriladigan joyga Aviadesant tank samolyot yoki vertolyotda yetkaziladi va yerga parashyutda tushiriladi yoki samolyot (vertolyot) aerodrom yoki qo’nish maydoniga qo’ngandan so’ng yerga tushiriladi. Zamonaviy Aviadesant tank bemalol aylana oladigan minoraga o’rnatilgan turli zambarak va pulemyotlar bilan ta’minlangan. U dushmanning po’lat zirxli turli xil o’t ochish vositalariga va jonli kuchiga zarba bera oladi. Aviadesant tank 2-Jahon urushida qo’llanilgan va hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.