AVIZO

AVIZO (ital. aviso) – bank, tijorat amaliyotida hisob-kitob harakatlarining bajarilganligi to’g’risida rasmiy xabarnoma. Bir kontragent tomonidan ikkinchisiga jo’natiladi. Avizo yordamida banklar o’z mijozlarini hisob varaqalari bo’yicha kirim va kredit qaydlari, hisob varaqasidagi qoldiq mablag’lar, pul o’tkazmalarini to’lash, chek talabnomasi akkreditiv ochish va boshqa harakatlar to’g’risida xabardor qiladi. Tovar jo’natuvchi tomonidan tovarni qabul qiluvchiga tovar jo’natilganligi haqidagi xat ham avizo deb ataladi.