AVSAT

AVSAT (Arab.— o’rta) — madrasa talabalarining o’rta guruhi.

AVSAT — 19-20-asr boshlarida Xiva xonligida 5-10 tanob yeri bo’lgan o’rta hol dehqonlar. Xonlikda Avsatlar 5716 xo’jalik bo’lib, ularga qarashli yerlar 43 mingga yaqin tanobni tashkil qilgan.