AVSTRALIYA PLATFORMASI
AVSTRALIYA PLATFORMASI – Avstraliyaning g’arbiy va Markaziy qismlari va yangi Gvineya Janubiy qismini egallagan tokembriy platformasi. Arxey-quyi proterozoyga mansub fundamenti metamorfiklashgan vulkanik jinslar, gneys va granitlardan tuzilgan; yuqori proterozoy-pleozoy davri cho’kindi g’ilofi esa terrigenli, karbonatli va vulkanogen jinslar (platobazaltlar) dan tashkil topgan. Zaminidagi jinslar orasida oltin, temir rudasi, rangli va kamyob metallar, cho’kindi g’ilofida neft va gazning yirik konlari bor.