AVSTRALOPITEKSIMONLAR

AVSTRALOPITEKSIMONLAR (Australopithecinae) — odamsimon maymunlarning qirilib ketgan kenja oilasi. 3 turi — zinjantrop, parantrop, pleziantrop ma’lum. Pliosen oxiri va pleystosen boshlarida yashagan. Suyak qoldiqlari dastlab 1924 yilda Janubiy Afrikaning Kalaxari sahrosidan, keyinroq, Markaziy Afrikaning Oldovay darasi (Tanzaniya), Omo daryo vodiysi (Efiopiya), Rudolf ko’li va Xadar degan joy yaqinida (Keniya) topilgan. Avstralopteksimonlarning bo’yi 120-130 santimetr, tana massasi 30-40 kilogramm, miyasining hajmi 500-600 santimetr kub bo’lgan, ikki oyokda tik yurgan, tuda bo’lib yashagan. Avstralopteksimonlar o’zlarini himoya qilish yoki hujum qilish uchun tosh, tayoq va suyaklardan foydalangan, degan taxminlar mavjud. Ko’pchilik antropologlarning fikricha, eng progressiv Avstralopteksimonlar (prezinjantroplar) eng qadimgi tosh qurol yasagan odamlarning dastlabki ajdodi hisoblanadi. Avstralopteksimonlarning qadimgi odamlarning bevosita ajdodi ekanligi uzil-kesil hal etilmagan.