AVTO …

AVTO … (Yunoncha autos — o’zim) — qo’shma so’z bo’lagi; quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1) “o’zim”, “o’z qo’lim bilan” (masalan, avtolitografiya); 2) “avtomatik”, ya’ni “o’z-o’zidan” (masalan, avtoblokirovka, avtopilot), “o’zi harakatlanadigan” (masalan, avtoyuklagich); 3) avtomobilga doir (masalan, avtovokzal, avtodrom).