AVTO GREYDER
AVTO GREYDER (Avto… va greyder so’zlaridan) — yo’l qurilishi va uni ta’mirlashda, aerodrom qurilishida, sug’orish kanallari qazishda, tuproqni surish, yerni tekislash, yo’l qurilishi materiallarini yotqizishda ishlatiladigan o’ziyurar mashina. Asosiy ish organlari — to’la buriladigan ag’dargich (otval) va tishlar.