AVTOELEKTRON EMISSIYA

AVTOELEKTRON EMISSIYA (tunnel, sovuq emissiya), metallar va yarimo’tkazgichlarda kuchli elektr maydoni (E>106— 107V/santimetr) ta’siridagi elektron emissiya. Avtoelektron emissiya elektronlarning metall vakuum (yoki boshqa muhit) chegarasidagi potentsial to’siqdan tunnel orqali o’tishi natijasidir. Kuchli elektr maydoni bu to’siqning balandligi va qalinligini kamaytiradi. Metallarda Avtoelektron emissiya tok zichligi J. Fauler—Nordxeym qonuni bilan aniqlanadi; katta Avtoelektron emissiya toki olish uchun katod sirtida ko’plab ignasimon uchlar hosil qilinadi. Odatda, kuchlanganligi E>10bv/santimetr bo’lgan maydon hosil qilish ancha qiyinligi sababli, Avtoelektron emissiyani kuzatish uchun sirt egriligi katta bo’lgan kichik o’lchamli (mikronning bir necha ulushida) ignasimon katoddan (masalan, avtoelektron proektorag) foydalaniladi. Avtoelektron emissiya sovuq katodli har xil asbob va qurilmalarda qo’llaniladi. Masalan, simobli o’zgaruvchan tok (bir necha o’n ka) to’g’rilagichlarida, kuchli tok kommutatori (ingitron)da, intensiv impuleli rentgen va yuqori chastotali nurlanishlar olish va hokazoda.