AVTOLITOGRAFIYA
AVTOLITOGRAFIYA (Avto… va Yunoncha lithos — tosh va grapho — yozaman so’zlaridan) — litografiya (toshbosma) ning bir turi. Avtolitografiyada chop qilinadigan tasvirni toshbosmaga (ba’zan tosh o’rniga rux yoki alyuminiy ishlatilishi mumkin) litograf-usta emas, balki muallif (rassom)ning o’zi o’yib ishlaydi. Alan kitoblarga rasmlar tayyorlash, tasvirni alohida chop etish uchun foydalaniladi.