AVTOMAT LINIYA

AVTOMAT LINIYA — mahsulot ishlab chiqarishdagi hamma amallarni ma’lum texnologiya jarayonlariga mos tartibda avtomatik tarzda bajaruvchi mashinalar, asosiy va yordamchi jihozlar majmui. Avtomat liniya mavjud uskunalarni avtomatlashtirish asosida yoki maxsus avtomatlar, yarim avtomatlar va agregat stanoklar qurish asosida vujudga keltiriladi. Avtomat liniya aviatsiya, avtomobil, traktor zavodlari va boshqa ko’plab mahsulot ishlab chiqaradigan zavodlarda tsilindrlar bloki, val, porshen kabi detallar ishlab chiqarishda, yig’uv jarayonida qo’llanilmoqda. Masalan, Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodida, Chirchiq qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodida, Asaka (Andijon)dagi “O’zDEU Avto” korxonasida, “Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aktsiyadorlik jamiyatida Avtomat liniya ishlab turibdi.