AVTOMATIK ROSTLASH

AVTOMATIK ROSTLASH – mashinalar, apparatlar va qurilmalarni odam ishtirokisiz boshqarib turish. Avtomatik rostlash uchun uskunaning o’ziga yoki uning tashqarisiga rostlagich o’rnatiladi. Rostlanuvchi miqdor rostlagich yordamida oldindan berilgan qiymat atrofida ushlab turiladi. Avtomatik rostlash texnikada qadimdan ma’lum. I. P. Polzunov va J. Uatt rostlagichlari bunga misol bo’la oladi.