AVTOTOMIYA

AVTOTOMIYA, autotomiya (Avto… va Yunoncha tome — kesib tashlash) — bir qancha hayvonlarda kupli qo’zg’alish ta’sirida, masalan, yirtqich hayvon changaliga tushib qolganida oyoqpari, dumi yoki tanasining boshqa qismlarning beixtiyor uzib tashlashi. Avtotomiya ko’pchilik umurtqasiz hayvonlar uchun xos: ayrim gidroid poliplar va aktiniyalar — paypaslagichlarini, nemertinlar va halqali chuvalchan glar — tanasining keyingi qismini, ninaterililar — nurlarini, mollyuskalar — sifonlarini, qisqichbaqasimonlar — qisqichlari va oyoqlarini uzib tashlaydi. Umurtqalilar orasida Avtotomiya himoya reaktsiyasi bo’lib, nerv sistemasining reflektorlik jarayoni hisoblanadi. Masalan, kaltakesaklarda Avtotomiya dumining ko’ndalang Tog’ay plastinka joylashgan qismidagi muskullarning kuchli va tez qisqarishi tufayli uzib tashlanishidan iborat. Avtotomiyada odatda tananing uzib tashlangan qismi qayta tiklanadi.