AXSIKATIY ABU ROSHID AHMAD IBN MUHAMMAD
AXSIKATIY ABU ROSHID AHMAD IBN MUHAMMAD (1073 — 1134) — tarixchi olim, shoir. Laqabi — “Zulfazoil” (“Fazilatlar sohibi”). Marvda yashab, Sulton saroyida munshiypik qilgan. Axsikatiyning “Kitob at ta’rix” (“Tarix kitobi”), “Kitob fiy qavlihim” (“Ularning so’zlari haqida kitob”), “Kitob az-zavoid fiy sharh saqt uz-Zand” (“Chaqmoq tosh uchqunlari dostoniga bitilgan sharh”) nomli asarlari saqlangan. Zahiriddin Bayhaqiyning yozishicha, Axsikatiy “Sulton alfuzalo” (“Fozillar sultoni”) laqabi bilan mashhur bo’lib, Ozarbayjondagi Otabeklar saroyida shoir bo’lgan.