Ayg’oqchi, ayg’oq, ayqoq
Ayg’oqchi, ayg’oq, ayqoq (turkcha guvoh, isbotlovchi, maxfiy xabar yetkazuvchi)-1) o’rta asrlarda (XIV-XVII asrlar) harbiy safar chog’ida qo’shin oldida boradigan razvedkachi kichi harbiy bo’linma; Amir Temur zamonida Ayg’oqchi taftishchi ma’nosida ham qo’llanilgani Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”sida qayd etib o’tilgan. Qo’shin oldida boruvchi razvedkachi bo’linma xabargiri deb ham atalgan; 2) turkiy xalqlarda kishilar o’rtasida sodir bo’lib turadigan janjallarni hal etishda qatnashuvchi bir yoki ikki guvohni ham Ayg’oqchi deyishgan.