AYLANMA PECH

AYLANMA PECH — yotiq tsilindr shaklidagi (dumaloq) sanoat pechi. Aylanma pech bo’ylama o’qi atrofida aylanadi yoki tebranadi. Metallarni suyuklantirish, materiallarni quritish, bolg’alash yoki shtamplash uchun metall xom ashyoni qizdirish, metall buyumlarga issiqlik ishlovi berish, tsement pishirish va boshqa maqsadlar uchun mo’ljallangan. Pechning aylanib turishi natijasida issiqlik bir tekis taqsimlanadi, shuning uchun pechning ichki qoplamasi uzoqqa chidaydi. Aylanma pechda material yoki buyumlar yonilg’ining yonish mahsulotlari, elektr toki yoki elektr yoyi bilan qizdiriladi. Quritish va issiqlik ishlovi berish (termik ishlash) da material pechning bir boshidan kiritilib, ikkinchi boshidan chiqariladi; bunday pechlar uzluksiz ishlashi mumkin. Suyuklantirish Aylanma pechlari davriy ravishda ishlaydi, chunki shixta solish va suyuq me-tallni tushirish paytida pechni to’xtatish kerak bo’ladi.