AYLANT IPAK QURTI
AYLANT IPAK QURTI (Philosamia cynthia) — tovusko’zlilar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 110— 130 millimetr, jigarrang, yo’l-yo’l, o’rtasida yarim oysimon oqish dog’lari bor. Janubiy- Sharqiy Osiyoda tarqalgan, Janubiy Yevropaga ham keltirilgan. Qurtlari aylant, nastarin, kanakunjut va boshqa o’simliklar bargi bilan oziqlanadi. G’umbagi qishlaydi. Aylant ipak qurti Xitoy, Yaponiya, Hindistonda boqiladi, lekin katta sanoat ahamiyatiga ega emas. Bitta pillasi 60 metrga yaqin ipak ip beradi. Aylant ipak qurti laboratoriya hayvoni sifatida ham boqiladi.