AYMANOV

AYMANOV Shaken Kenjatoevich (1914.15.2 – 1970.23.12) – qozoq aktyori va rejissyor. Qozoq milliy badiiy kinosining boshlovchilaridan. 1933 yildan M. Avezov nomidagi qozoq drama teatrida, 1940 yildan kinoda ishlagan. “Jambul”, “Abay qo’shiqlari”, “Nayzatosh etagida” va boshqa filmlarda suratga tushgan. Uning “Sevgi haqida qissa” filmi bilan Qozog’istonda muntazam badiiy filmlar ishlash odat tusiga kirdi. Janr jihatdan xilma-xillik, milliylikka, muammolar ahamiyatiga e’tibor bilan filmlar ishlash Aymanov ijodiga xos. Mashhur filmlari: “Sahro qizi” (K. Gakkel bilan hamkorlikda), “Biz shu yerda yashaymiz”, “Otalar yeri”, “Bir tumanda”, “Atamanning tugatilishi” va boshqalar. 1984 yildan “Qozoqfilm” Aymanov nomi bilan yuritiladi.