AYNLI

AYNLI, oynli, oyilli — Qo’ng’irot o’zbeklari tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Aynli ikki katta bo’limga, har bir bo’lim yana kichik urug’larga bo’linadi. 1) Oqto’nli: Beshbola, Oytamg’ali, Oqtana, turkman, Churan va boshqa; 2) qorato’nli: qoraqalpoq, quvuq, qochay, tunsar, Yomg’urchi va hokazo. Ad.: Jalilov O., 19-20 asr boshlaridagi qoraqalpoqlar tarixiga oid muhim hujjatlar, T., 1977.