Ayolga er nega kerak?
Savol: Ayolga er nega kerak? Bu juda ham qiziq savol emasmi? Mening javobim quyidagicha: tirik jonzot borki, ikki jins vakillari topishadi, sevishadi, shuningdek, juftlashadi. Barcha tirik jonzotlar bir-birini asrab-avaylaydi, farzandlarini tarbiya qiladi, bir-birini ardoqlaydi. Tirik jonzotlar bir-biri bilan juftlashmasa, kelajak farzandlar qayerdan tug’iladi? Kim uni tarbiyalaydi? Kim ilm beradi? Qayerdan olimlar, yozuvchilar, diniy ulamolaru yoki o’qituvchilar yetishib chiqadi?
Ayol bo’lmasa erkak yasholmaydi, erkak bo’lmasa ayol yasholmaydi. Kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali ko’rgan videodan bu insonning gapi juda g’alati chiqdi, yoshlarimizning miyasini zaharlaydigan gaplarni gapirgandan ko’ra, ta’lim-tarbiyani, milliylikni, insoniylikni targ’ib qilish mumkin emasmikan?
Video olib ijtimoiy tarqatishdan oldin o’ylash mumkin ediki, bu videoni nafaqat o’zi tengi ayollar, balki kelajakka qadam qo’yayotgan yoshlarimiz ham ko’radiku, axir. Hurmatli, yoshlar! Kelajak sizlarning qo’lingizda, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan har xil yomon videolarni ko’rib, milliyligingizni, o’zligingizni yo’qotmang. Kelajak sizlarning qo’lingizda.