Ayoqchi

Ayoqchi (turkcha ayoq-idish)-1) o’tmishda (XI-XIV asrlar) biror mansabdor shaxs tomonidan uyushtirilgan tantana, ziyofat yoki qabul chog’ida mehmonlarga turli sharob va may quyuvchi, kosagul, soqiy. Eski o’zbek tili yodgorliklarida keng qo’llanilgan; 2) Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida keltirilishicha, Ayoqchi kulol ma’nosida ham ishlatilgan.