AYRITOJLILAR

AYRITOJLILAR (Choripetalae) -ikkipallalilarga mansub kenja sinf. Gulbarg (tojbarg)lari tutashmagan. 200 ga yaqin oilasi (ra’nodoshlar, sutlamadoshlar, tokdoshlar, gulxayridoshlar, gunafshadoshlar, ziradoshlar va hokzolar) bor. Ayritojlilar tutash tojbarglilarga nisbatan soddaroq tuzilgan.