AYTJANOVA

AYTJANOVA Ayimxon (1944.16.10, Shumanay tumanining Shumanay ovuli) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1994). Nukus pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tugatgan (1966). 1966 yildan Xo’jayli, Shumanay tumanidagi maktablarda o’qituvchi, 1971 yildan Shumanay tumanidagi 5-maktabda fizika va mehnat fani o’qituvchisi. Aytjanova ta’lim berishda test usulidan, ko’rgazmali qurollar va kompyuterdan unumli foydalanadi. “Mehnat darsida qoraqalpoq milliy naqshlarini o’rgatish” metodik qo’llanmasi muallifi.