AYYUB SHAHRISABZIY

AYYUB SHAHRISABZIY (to’liq ismi Mir Xoja Ayyub Abulbaraka Shahrisabziy) (15 – asr oxiri — Shahrisabz -16 – asr o’rtalari) — o’zbek shoiri, musiqa nazariyotchisi. Turkiy va forsiyda ijod qilgan she’rlari mutoyibaga boy, rindlik ruhi bilan ajralib turadi. Navoiy (“Majolis unnafois” da), Sodiqbek kitobdor (“Majma ul-xavois”da) Ayyub Shahrisabziyning she’riyat va musiqashunoslikdagi iste’dodini yuksak baholaganlar. Uning musiqiy iqtidoriga Darvishali Changiy (“Tuhfat us-suru” — “Risolai musiqiy”) ham yuqori baho bergan.