AZ-ZAQOZIQ

AZ-ZAQOZIQ (Zaqoziq) – MARdagi shahar, Nil daryosi deltasining Sharqiy qismida; Sharqiya muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 279 ming kishi (1991). Savdo-transport markazi. Temir yo’l, avtomobil yo’llari tuguni. Oziq-ovqat, paxta tozalash sanoati korxonalari bor. Az-Zaqoriq yaqinida qadimiy Bubast ibodatxonasining xarobalari saqlangan.