AZIN BO’YOQLAR
AZIN BO’YOQLAR — Urfa rangdagi (qizildan ko’kkacha) bo’yovchi sintetik moddalar, fenazin hosilalari. Ular anilin va paradiaminobenzolni birgalikda oksidlash yo’li bilan olinadi. Azin bo’yoqlar qaytarilganda rangsiz leykobirikmalarga aylanadi va ulardan havodagi kislorod ta’sirida qaytadan bo’yoq hosil bo’ladi. Azin bo’yoqlarning asosli va kislotali xossaga ega bo’lgan turlari ma’lum. Azin bo’yoqlar ip gazlama, shoyi, jun gazlama bo’yashda; ba’zilari fotografiyada desensibilizator sifatida ishlatiladi.