B

B — o’zbek kirill alifbosining ikkinchi harfi. Lab undosh tovushni ifodalaydi, jarangli va portlovchi. So’zda jarangsiz undosh oldida, so’z oxirida jarangsiz (p) talaffuz etiladi (masalan: kitob kitop, o’qib o’qip va hokazolar). Ba’zan m tovushi bilan almashinadi (masalan: buyum-muyum, bayram-mayram va hokazolar). 1929-39 yillarda amalda bo’lgan o’zbek lotin alifbosi va 1995 yilda qabul qilingan keyingi o’zbek lotin alifbosidagi ikkinchi harf V ko’rinishiga ega. Jahon yozuvi tarixida turkiy xalqlar, shu jumladan o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan yozuvlarda B harfi o’ziga xos shaklda bo’lgan.