BABUSHKIN LEONID NIKOLAYEVICH

BABUSHKIN LEONID NIKOLAYEVICH (1902.23.3 – Toshkent -1976.26.5) -geograf, agrometeorolog olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (I960). Geografiya fanlari doktori (1950), professor (1952), O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1926). O’rta Osiyo meteorologiya institutining Toshkent geofizika rasadxonasida ilmiy xodim, O’zbekiston qishloq xo’jaligi vazirligida bosh agrometeorolog (1941-46), O’rta Osiyo unti tabiiy geografiya kafedrasi o’qituvchisi, dotsent, professor, kafedra mudiri (1947-76), 1955-61 yillarda ilmiy ishlar bo’yicha universitet prorektori. Babushkinning ilmiy ishlari agrometeorologiya, agroiqlimshunoslik va tabiiy geografiya masalalariga bag’ishlangan. Sug’orma dehqonchilik zonalarini agroiqlimiy rayonlashtirish va O’rta Osiyoni tabiiygeografik rayonlashtirishni amalga oshirdi.