BADALOV STEPAN TIGRANOVICH
BADALOV STEPAN TIGRANOVICH (1919.26.8) — mineralog va geokimyogar. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1977). Geologiya va mineralogiya fanlari doktori (1962), professor (1968), O’rta Osiyo industrial institutini tugatgan. 1946 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi geologiya va geofizika institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1964 — 87), yetakchi ilmiy xodim (1987 — 96) va bosh ilmiy xodim (1997 yildan). Urush qatnashchisi (1941 — 45). Badalovning ilmiy ishlari O’zbekistonda elementlar geokimyosi, ruda hosil qiluvchi tizimlarda elementlarning namoyon bo’lish xususiyatlarini o’rganishga hamda reniy va osmiyning provintsiyalarini aniqlashga bag’ishlangan.